Osiyo chempionati U-23. Bugun qur'a tashlash marosimi bo'ladi

Alisher
25 may 2023, 07:50
Bugun 2024-yilning aprel-may oylarida Qatarda o'tkaziladigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogining saralash bosqichiga qur'a tashlanadi.

Unda musobaqada ishtirok etadigan 43 terma jamoa 4 ta guruhga ajratiladi. Timur Kapadze jamoasi 1-savatchadan joy oldi. 

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da start oladi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi joylashadigan guruh uchrashuvlari yurtimiz maydonlarida bo'lib o'tadi. O'yinlar joriy yilning 4-12-sentyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Ufa.uz