"Qisqa vaqtda yig'ilgan jamoa deb hisoblamayman. Bu jamoaning o'zagi ikkita va har ikkisi birlashsa yaxshigina jamoani ko'ramiz. Asosan Turkiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari va ularga qo'shimcha kuch sifatida saralanib olingan futbolchilardir. Hammamiz allaqachon bitta jamoa bo'lganmiz" - deydi Asilbek Omonov.
- Ushbu jamoaning Osiyo chempionatida imkoniyatlarini qanday baholar edingiz?
- Bizda imkoniyat yuqori. Hammada kayfiyat a'lo va kerakli natijaga erishishimizga ishonaman. Kamida finalgacha borib yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelmoqchimiz. Buning uchun bizda hamma sharoit va imkoniyat etarli.
- Siz ushbu chempionatdan nimalarni kutmoqdasiz?
- O'zim uchun boy tajriba va g'alabalarni. Qancha yuqoriroq natija qayd etsak biz uchun qo'shimcha kuch bo'ladi. Bu yoshdagi terma jamoa Braziliyadagi Olimpiyadaga borish uchun kurashadi va men shuni kutaman. Asosiysi darvozamizdan to'p o'tmasligini kutishim tabiiydir.
Humoyun Davurov suhbatlashdi