"Tayyorgarlik maromida bo'ldi. Hamma futbolchilar chempionat uchun tayyor. Biz Ummondan ijobiy natija bilan qaytmoqchimiz. Eng asosiysi darvozamizdan to'p o'tkazmasak maqsadimizga erishamiz" - deya aytib o'tadi Abdumavlon Abdujalilov.
- Tayyorgarlikni qisqa muddatda bo'lib o'tgani bu natijaga salbiy ta’sir o'tkazmaydimi?
- O'ylashimcha unday bo'lmaydi. Bu jamoani qisqa muddatda tashkil etilgan deb o'ylamas edim. Turkiyadagi jahon chempionatida ham shu jamoaning o'zagi ishtirok etgan edi. Undan tashqari bu jamoaga tajribali futbolchilar ham kelib qo'shildi. Qisqa muddatda yig'ilgan bo'lsa buni biz nazorat uchrashuvlarida ko'rib kamchiliklarni to'g'rilamoqchimiz. BAAda ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazmiz va bunda kamchiliklarni ko'rib olamiz.
- Terma jamoamiz a'zosi sifatida Ummonda qanday natija kutmoqdasiz va darvozabonlar borasida fikringiz?
- Birinchidan ushbu terma jamoaga jalb etilgan Eldorbek Suyunov jarohati bois ishtirok eta olmasligini va bu yo'qotish ekanligini aytishim kerak. Shunday holatda ham biz buni o'rnini to'ldira olishimiz kerak. Yuqorida aytganimdek gol o'tkazmaslik bizni vazifa. Asilbek ham, Akmal ham, men ham faqat terma jamoamiz manfaati uchun maydonga chiqamiz. Kim maydonga chiqishini esa murabbiylar hal etadi. O'ylashimcha barcha darvozabonlarimiz yaxshi saviyada.
Ummonda kamida finalgacha borsak maqsadga muofiq bo'lar edi. Jamoamiz a'zolari yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqchi va kerakli natijaga erishmoqchimiz.
Humoyun Davurov suhbatlashdi