Osimxen noyabr oxirigacha safdan chiqdi

Nozimov Nig'monxo'ja
17 okt 2023, 10:01
Napoli forvardi Viktor Osimxen 1,5 oyga safdan chiqqani xabar qilindi.

Sky Sport Italia xabariga ko'ra, Nigeriya milliy jamoasi forvardi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda (2:2) sonidan jarohat olgan. Tekshiruvlardan keyin nigeriyalik goleadorning jarohatidan tiklanishi uchun 4-6 hafta vaqt talab etilishi ma'lum qilingan. U 29 oktyabr kuni o'tadigan Milanga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Ma'lumot uchun, Osimhen joriy mavsum A Seriyadagi 8 o'yinda 6ta golga mualliflik qilgan.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com