

Voqea Isko 62-daqiqada "Real"ni hisobda oldinga olib chiqqan (2:1) paytda yuz berdi. Futbolchilar gol muallifini tarbiklayotganda, "Osasuna" ishqibozlari tribunada yondirgich uloqtirishdi va u Luka Modrichning boshiga tegdi. Voqeani ko'rgan Xames Rodriges buyumni yerdan olib, atrofdagilarga ko'rsatdi.
Bu voqea Modrichga uchrashuvni davom ettirish uchun halaqit qilmadi va bahs 3:1 hisobida "Real"ning g'alabasi bilan yakunlandi.



