O'rtoqlik uchrashuvida "Krasnodar" mag'lub bo'ldi, Ahmedov zaxiradan maydonga tushdi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2016, 15:38
O'zbekiston terma jamoasi sardori to'p tepadigan "Krasnodar" klubi Avstriyadagi yig'inini davom ettirmoqda.

Rossiya klubi tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, kecha "Krasnodar" Xorvatiyaning "Cibaliya" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Bahsda 1:4 hisobi qayd etildi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov 60 daqiqada zaxiradan Podberyozkin o'rniga maydonga tushdi.

Krasnodar – Cibaliya (Xorvatiya) – 1:4 (1:0)

Gollar: Joaozino, 41, pen. (1:0), Ugrina, 62 (1:1), Vitaich, 68 (1:2), Yerbich, 75 (1:3), Crnchevich, 78 (4:1).
Krasnodar (Rossiya): Kricyuk (Adamov, 46) Joaozino (Paradin, 60) Tataev (Martinovich, 60), Strandberg (Fomin, 71), Vorobev (Petrov, 46), Kabore (Ebue, 60), Torbinskiy (Gazinskiy, 46), Podberezkin (Ahmedov, 60), Laborde (Bistrov, 46), Vanderson (Morgunov, 71) Ari (Smolov, 60).
Cibaliya (Vinkovcy, Xorvatiya): Matkovich, Uremovich (Mishich, 46), Zgrablich, Yerbich, Sare, Tomashevich (Crnchevich, 46), Miyokovich, Vitaich (Farias, 69), Basha, Shimunac (Ederich, 46), Ugrina (Grgich, 80).
Ogohlantirishlar: Strandberg, 12 , Smolov, 70 – Miyokovich, 15.
Chetlatish: Smolov, 90 .

8 iyul, 2016 yil. Avstriya, Lienc. "Dolomitenshtadion" stadioni. 200 muxlis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia