O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" Gruziyaning 18 karra chempioniga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Sherzod Nurmatov
15 fev 2022, 21:34
Turkiyadagi yig'inni davom ettirayotgan "sherlar" bugun kuchli raqibga qarshi maydonga tushishdi.

Uchrashuvda gruliyaliklar yirik hisobda zafar quchishdi.

"Paxtakor" – "Dinamo" (Gruziya) 0:3

Gollar: Stanislav Belenkiy 15', Anzor Mekvabishvili 57', Nikoloz Mali 73' 

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov (Aziz Isaqov, 78), Hojiakbar Alijonov, Kamen Xadjiev (Aleksey Larin, 65), Sherzod A'zamov, Farruh Sayfiev (Ruslan Roziev, 71), Sardor Sobirxo'jaev (Odiljon Hamrobekov, 46), Ikrom Aliboev (Abbos Fayzullaev, 75), Dragan Cheran (Oliver Sharkich, 65), Sardor Rashidov (Hojimat Erkinov, 59), Azizbek Turg'unboev (Diyor Xolmatov, 59), Sherzod Temirov (Mirjahon Mirahmadov, 59)

"Dinamo" Tbilisi: Andres Prieto, Saba Xvadagiani, Aleksandr Kalandadze, Giorgi Maysuradze, Usmon Kamara, Barns Osey, Giorgi Moiscrapishvili, Anzor Mekvabishvili, Giorgi Papava, Georgiy Gabedava, Stanislav Belenkiy

Zaxira: David Kereselidze, Luka Kutaladze, Mixail Makatsariya, Irakli Lakobidze, Simon Gbenon, Tornieo Jangidze, Levan Xarabadze, Godfri Bitok Stefen, Nikoloz Mali, Dito Pachuliya, Tornike Kirkitadze, Georgiy Gvishiani, Nodar Lominadze, Dmitri Antilevski, Davit Sxirtladze, Jaduli Lobashvili

Aytish joiz, uchrashuv oldidan bugun hayotdan ko'z yumgan "Paxtakor" jamoasi sobiq bosh murabbiyi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, 1994 yilgi Osiyo O'yinlari g'olibi Rustam Akramovning vafoti munosabati bilan bir daqiqalik sukut saqlandi.

Shuningdek, gruziyaliklar tomonidan 11 fevral kuni vafot etgan "Dinamo" sobiq futbolchisi, 1964 yilgi SSSR chempioni Ilya Datunashvili xotirasiga hurmat bajo keltirildi. 

Foto: Tolibjon Qosimov

10 fevral. "Paxtakor" – "Ufa" (Rossiya) 1:1 

7 fevral. "Paxtakor" - "Minay" (Ukraina) 1:0

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia