O'rtoqlik uchrashuvi. "Oq-tepa" - "Andijon" - 1:2

Bugun jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Oliy liga vakili "Andijon"ga qarshi maydonga tushgan jamoamiz uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lsa-da, yakunda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi - 1:2. Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, "Oq-tepa" navbatdagi nazorat uchrashuvini 23 fevral kuni oliy liganing boshqa bir vakili "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.  


O'rtoqlik uchrashuvi

OQ-TEPA - ANDIJON - 1:2 (0:1)

20 fevral. Toshkent. "Oq-tepa" stadioni.

Bosh hakam: Olim To'ychiboev.

"Oq-tepa": Rustam Dadaboev, Asil Begimqulov (Rasul Rahmonberdiev), Zohid Raupov (Abdujalil Hasanov), Arayk Boboev, Zafar Qoraqulov, Karen Abramov (Diyor Usmonxo'jaev), Suhrob Sarimsoqov, Nodir Ibragimov, Ildar Magdeev, Abdulatif Abduqodirov, Doston Abdumannonov. 

"Andijon": Nodir Ashurmatov (Akmal Tursunboev), Rustam A'zamov, Artur Mamatkazin, Bobur Akbarov (Iqbol Boboxonov), Mirzakamol Kamolov, Temur Vasilev (Tursunboy Xusanov), Doston Abdurahmonov, Baxtiyor Qosimov, Alisher To'xtasinov, Salohiddin Salohiddinov, Islom Karimov.

Gollar: Abdulatif Abduqodirov - Islom Karimov, Alisher To'xtasinov







Manba: oq-tepa.uz