O'rtoqlik uchrashuvi. Eron o'z uyida Iroqqa yutqazdi VIDEO

20 mar 2017, 14:11
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Eron terma jamoasi Iroq termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Mazkur uchrashuv Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo'lib o'tdi. Eron terma jamoasi uchun jahon chempionati saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi.

Uchrashuvda bitta gol urildi. Iroqliklar 76-daqiqada penaltidan to'p kiritib o'rtoqlik uchrashuvida Eronni mag'lub etishdi.

Eron terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasini 23 mart kuni safarda Qatarga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Ma'lumot uchun, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 11 ochko to'plagan Eron terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 9 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda. 4–6 o'rinlarni mos ravishda Suriya (5 ochko), Qatar (4 ochko) va Xitoy (1 ochko) terma jamoalari egallagan.

TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia