

Vadim Abramov va Valeriy Karpin qo'l ostidagi uchrashuvda Rossiya klubi yirik g'alabaga erishdi – 4:1. Jamoamizning yagona goliga ikkinchi bo'limda Emmanuel Yagr mualliflik qildi. O'yin davomida murabbiylar shtabi tarkibdagi deyarli barcha o'yinchilarga imkoniyat berishdi.
"Abu-Dhabi Regby stadium"ning 5-maydonida o'tgan uchrashuvda internet bilan bog'liq muammolar sababli bahsdan tushirilgan foto va videolavhalar ijtimoyi tarmoqdagi sahifalarimizda navbat bilan chiqariladi.
O'rtoqlik o'yini. 18 yanvar
"Rostov" (Rossiya) - "Dinamo" (O'zbekiston) – 4:1
Gollar: Mironov 8, Aznaurov 20, Komlichenko 32 penalti, 34 – Emmanuel Yagr, 84.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Ulug'bek Abdullaev, Dushan Miyich, Salim Mustafoev, Vohidjon Oqbo'taev, Akbar Ismatullaev, Francis Narx, Damir Temirov, Sanjar Shoahmedov, Humoyunmirzo Iminov, Anvar Hojimirzaev.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Ravshanbek Yagudin, Xurshid Ubaydullaev, Xislat Xalilov, Komil Sharofutdinov, Javlon Malikov, Vladimir Kozak, Muhammadbobur Asadullaev, Farrux Ikromov, Husniddin G'ofurov, Emmanuel Yagr, Bobur Yorbekov, Odil Abdumajidov, Abubakr Muydinov, Bahodir Nasimov, Elnur Saitmurodov.



