O'rtoqlik uchrashuvi. Dinamo Qarshida Nasaf bilan durang qayd etdi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2021, 14:54
Pro ligaga hozirlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi Qarshida Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan Nasaf jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Dastlabki uchrashuvda murabbiylar Hakim Fuzaylov va Ro'ziqul Berdiev asosiy tarkiblarni sinovdan o'tkazishdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda mezbonlardan Dilshod Rahmatullaev penaltidan foydalana olmadi. Shuningdek, Bobur Abduxoliqov, Husayn Norchaev, Suhrob Nurulloevda ham yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa, dinamochilar hujumlari qarshiliklar posboni Umid Ergashev tomonidan bartaraf etildi. Yakunda uchrashuv nursiz durang bilan tugadi.

Qayd etish joiz, shu kuni Dinamo safida yangi legioner – ukrainalik 23 yoshli yarimhimoyachi Oleg Marchuk ko'rikdan o'tkazildi. Shuningdek, Dinamoni tark etgan Suhrob Nurullaev shu kuni Nasaf safida harakat qildi.

31 yanvar (yakshanba)
O'rtoqlik uchrashuvi. Qarshi.
Nasaf – Dinamo - 0:0
Dinamo:
Dilshod Hamroev, Matvey Guyganov, Komil Sharofutdinov, Jasur Hasanov, Islom Sharipov, Oleg Marchuk, Shoxruh Abdurahmonov, Jamshid Hasanov, Sardor Eminov, Siroj Meliev, Mixaylo Udod.

Ma'lumot uchun, ushbu jamoalar bugun o'zaro yana bitta uchrashuv o'tkazishadi.


foto: "Nasaf" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz