O'rtoqlik o'yini. Jerrardning goli "Liverpul" afsonalariga g'alaba keltirdi (+FOTO)

23 mar 2019, 22:44
"Milan" hamda "Liverpul" afsonalari o'rtasida kechgan o'rtoqlik maqomidagi uchrashuv ancha qiziqarli kechdi.

Bahsda tomoshabinlar 5 ta gol ko'rishga muvaffaq bo'ldi. O'yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Stiven Jerrard ushbu qarama-qarshilik taqdirini hal qilgan gol muallifiga aylandi. 

Liverpul – Milan– 3:2 (1:0)

Gollar: 1:0 – Fauler (25), 2:0 – Sisse (52), 2:1 – Pirlo (61), 2:2 – Pankaro (78), 3:2 – Djerrard (80).

Liverpul (1-taym): Dudek, Jonson, Karrager, Xyuyupya, Agger, Kennedi (Djimi Traore, 8), Kvarme, Djerrard, Garsiya, Kyuyt, Fauler.

Liverpul (2-taym): Vesterveld, Makatir, Karrager, Agger, Jonson (Shmicer, 63), Diao, Berger, Djerrard, Makmanaman, Sisse, Ouen.

Zaxiradagilar: Vesterveld, Makmanaman, Makatir, Oldridj, Djimi Traore, Berger, Sisse, Diao, Shmicer, Ouen (Oldridj, 82).

Milan: Dida, Ambrozini, Kafu, Kostakurta, Kaladze, Serjino, Gattuzo, Pirlo, Ruy Koshta, Kaka, Indzagi.

Zaxiradagilar: Abbyati, Borello, Karbone, Favalli, Fori, Digao, Maldini, Oddo, Pankaro, Shimich.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia