O'rtoqlik o'yini. Braziliya Berlinda Germaniyani taslim etdi, Polsha Janubiy Koreyadan ustun keldi

28 mar 2018, 02:19
Braziliya terma jamoasi Germaniyaga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida kichik g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Villianning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Gabriel Jezus boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. Germaniya termasi posboni Kevin Trapp kutilmaganda o'ziga yo'llangan zarbasi qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi va to'p darvoza chizig'ini kesib o'tdi. Ushbu hisob o'yin oxiriga qadar o'zgarmay qoldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia