O'rtoqlik o'yini. AGMK BAA klubini mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2023, 20:50
Dubayda yig'in o'tkazayotgan Olmaliqning AGMK klubi mahalliy "Hatta" klubi bilan nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Dubayda o'tgan bahs olmaliqliklar g'alabasi bilan yakun topdi. Avvaliga Olmaliq klubi hujumchisi Mirahmadov 2 daqiqada hisobni ochdi, keyin raqiblar 84 daqiqada hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirishdi. 89 daqiqada belgilangan penalti AGMKga g'alaba taqdim etdi. G'iyosov 11 metrlik jarima zarbasidan adashmadi.


AGMK - "Hatta" 2:1

Gollar: Mirahmadov 2, G'iyosov 89 (pen.).

AGMK: 35.Raximov - 13.Begimov (Ahmadaliev 46), 8.Abdullaev, 3.Rahmonov (Filiposyan 46), 9.Denisov (Komilov 46) - 88.CIA, 15.Rustamov, 4.Qosimov - 19.Hasanov (Sanches), 99.Mirahmadov (Boake), 10.G'iyosov.

Zaxira: 1.Ergashev – 7.Ahmadaliev, 5.Ismoilov, 16.Filiposyan, 2.Komilov – 28.Ablaev, 77.Ermatov – 6.Sobirov, 27.Boake, 14.Sanches.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia