"Ortiq 20 yoshda emasligimni tushunib turibman" - Buskets kelajagi borasida bir qarorga kelmaganini bildirdi

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022, 18:33
34 yoshli ispaniyalik futbolchining butun futbolchilik faoliyatini o'tkazgan klubi bilan shartnomasi kelayotgan yozda yakun topadi va u bilan haligacha bitim muddati uzaytirilmadi.

"Mundo Deportivo"ga ko'ra, Serxio Buskets allaqachon "Barselona" bilan 14 yillik hamkorligining oxiriga kelib qolganini his qilyapti va MLS vakili "Inter Mayami"ning taklifini qabul qilgan.

Uning o'zi kelajagi borasida quyidagicha fikrlarni bildirib o'tdi:

"Kelajagim borasida hech narsa ayta olmayman. Chunki hech qanday yangilik yo'q. Barcha mish-mishlar tufayli hech narsa sodir bo'lmadi. Rasmiy hech narsa yo'q. Mavsum davomida o'zimni qanday his qilishimga qarayman. Hozirgi lahzadan zavq olmoqchiman, qolganini keyin o'ylaymiz. Men ortiq 20 yoshda emasligimni tushunib turibman".

Tajribali futbolchidan "Barsa" kuzatuvi ostida bo'lgan Martin Subimendi uning o'rnini bosa oladimi yoki yo'qligi so'raldi:

"Subimendi ajoyib o'yinchi, lekin u "Real Sosedad" futbolchisi. "Barsa" chindan qiziqqanmi yoki yo'qligidan esa xabarim yo'q".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo