"Orol" birinchi davrani qanday o'tkazdi?

Narzulla Saydullayev
16 may 2018, 14:10
Pro-liga "A"da birinchi davra o'yinlari nihoyasiga etdi.

Nukusning "Orol" jamoasi birinchi davra yakuniga ko'ra 8 uchrashuvda 5 ochko to'plab 9 jamoa orasidan 8-o'rinni band etib turibdi."Orol" Nukusdagi 4 o'yinning aitig bittasida g'alaba qozonib, 3 tasida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, mehmondagi 4 o'yinnining 2 tasida durang o'ynab, 2 tasida yutqazib qo'ydi. Jamoa beshta mag'lubiyatning uchtasini yirik hisobda boy berdi.

"Orol"ning 8 ta o'yinini stadionlarda jami 11 333 (uyda 7526, mehmonda 3807) tomoshabin kuzatdi. Muxlislar tashrifi bo'yicha rekord "Orol" - "Dinamo" (2225 tomoshabin) o'yiniga to'g'ri keldi.



Nukusliklar hakamlar tomonidan 14 marta ogohlantirilib, ikki bora chetlatilgan. Miras Karlibaev va Islom Seytnazarov to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan siylanishdi. Damir Nizanov esa sariq kartochkalar bo'yicha peshqadam (3 ta).

Islom Seytnazarov "Surxon" bilan o'yinda avtogol muallifiga aylandi.

"Orol"ning 9 ta goli 4 nafar futbolchi hisobiga yozildi. Navro'z Xaipov 5 ta, Navro'z Alimov 2 ta, Nurlibek Talasbaev va Rasul Musaev bittadan gol urishdi.

Nukusliklar 8 uchrashuvda uchta penalti tepishdi. har uchala imkoniyatdan ham Navro'z Xaipov unumli foydalandi.
 
Olti nafar futbolchi jamoaning barcha o'yinlarida ishtirok etdi. Bular:
1. Baxtiyar Arazov. 8 o'yin (714 daqiqa)
2. Rasul Musaev. 8 o'yin (696 daqiqa)
3. Navro'z Alimov. 8 o'yin (688 daqiqa)
4. Alisher Saburov. 8 o'yin (684 daqiqa)
5. Navro'z Xaipov. 8 o'yin (650 daqiqa)
6. Islom Seytnazarov. 8 o'yin (639 daqiqa)



Polat Kaipnazarov Quvvat To'raev tomonidan 5 marta zaxiradan maydonga tushirilgan. Biroq uning amydondagi umumiy daqiqalari soni atigi 49 daqiqani tashkil etadi.

Jamoa birinchi davrada barcha 3 ta darvozabonning ham xizmatidan foydalandi. Eldor Shuhratbekov (6 ta), Oybek Jamshidov (2 ta), Ulug'bek Yangiboev (1 ta)

Damir Nizanov murabbiy tomonidan eng ko'p zaxiraga olingan futbolchi bo'ldi. Yarim himoyachi 4 ta bahsni asosiy tarkibda boshlab, zaxira o'rindig'ida yakuniga etkazdi.

"Orol" ikkinchi davradagi ilk o'yinini 18 may kuni Nukus shahridagi "Turon" stadionida Muborakning "Mashhal" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Furqat Yusupov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia