O'rinboev "Brentford"ning asosiy jamoasi bilan shug'ullanmoqda, u ertaga jamoa bilan "Man Siti"ga qarshi o'yinga boradi

Alisher
4 fev 2024, 19:08
"Brentford" ertaga APL 23-tur doirasida o'z uyida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Bir necha kun oldin "Brentford"ga o'tgan o'zbekistonlik o'yinchi Muhammadali O'rinboev ayni damda asosiy jamoa bilan mashg'ulotlar olib bormoqda.

O'rinboevning saytimizga ma'lum qilishicha, u 10 kun davomida murabbiy bilan yakka mashg'ulotlarni o'tagan, undan keyin ikki kun B jamoasida bo'lgan, so'ngra asosiy jamoa bilan birgalikda ertaga bo'lib o'tadigan "Manchester Siti"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rgan. 

Qayd etish kerakki, futbolchining harakatlari "Brentford" murabbiylar shtabiga maqul kelgan. Futbolchi ertaga "Manchester Siti" bilan o'yinni stadiondan kuzatadi.


→ "Bekxemga O'zbekistonni tanishtirdim". APLga yo'l olgan Muhammadali O'rinboev bilan eksklyuziv intervyu!


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia