Origi maoshini pasaytirsa, "Nyukasl"ga 7 mln funt evaziga o'tishi mumkin

Alisher
9 yanv 2022, 13:28
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi "Nyukasl" qiziqishini tortmoqda.

"Nyukasl" 26 yoshli belgiyalikni kamida 6 haftaga jarohat sabab safdan chiqqan Kallum Uilsonga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Origi mersisaydliklarni yanvarda taxminan 7 mln funt evaziga tark etishi mumkin, ammo to'siqlardan biri - Origining "Liverpul"dagi yuqori maosh.

"Nyukasl"ning short-listidan shuningdek Edvard Nketia ("Arsenal"), Dominik Solanke ("Bornmut") va Todd Kentuell ("Norvich") o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk