“Buxoro” klubiga yirik hisobda imkoniyat boy berilganidan so'ng rahbariyat murabbiylar shtabini yangilashni maqul topdi.
Bungacha vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib kelgan Orif Mamatkazin hamda darvozabonlar murabbiyi Qobil Olimjonov iste'foga chiqarildi. To'g'ri, “Andijon”ni oliy ligada qolish imkoniyati pasayib ketgan bo'lsada, rahbariyat yangi murabbiy olib kelishga qaror qildi.
Tajribali mutaxassis Edgar Gess “Andijon” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanish arafasida. Ma'lumki, Gess bungacha “Buxoro” jamoasini boshqarib avgust oyida iste'foga chiqarilgandi. Edgar Yakovlevich uchun “Andijon” begona emas. U 2006 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi va 2007 yilning birinchi davrasigacha andijonliklarni boshqargan. Bu murabbiyning qo'l ostida jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmaganini muxlislar yaxshi bilishadi. Oradan ma'lum vaqt o'tib Gess “Andijon”ga qaytmoqda. Kecha kunning ikkinchi yarmida murabbiy Andijonga keldi. Gess bilan shartnoma tuzilgach, murabbiy ishga kirishadi. Edgar Yakovlevichdan tashqari klub qarorgohiga Oleg Tyulkin va Vitaliy Legay ham tashrif buyurishdi.
Bir necha yillardan beri yurtimizda faoliyat ko'rsatib kelayotgan Edgar Gess ilgari “Andijon”dan tashqari “Nasaf”, “Sho'rtan” va “Buxoro” jamoalarini ham boshqargan.