"Ordabasi" kolumbiyalik himoyachini o'z safiga qo'shib oldi

Оқил Абдубарноев
4 iyul 2024, 23:02
Kolumbiyalik himoyachi Kristian Tovar Chimkentning “Ordabasi” futbol klubi safiga qo'shildi.

26 yoshli futbolchi avvalroq “Sherif” jamoasida to'p tepib, Moldova klubi safida 35 o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol muallifiga aylandi. Kristianning Transfermarktdagi narxi 750 ming evroni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, 10 iyul kuni Shimkent klubi Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichidagi ilk uchrashuvini Moldova chempioni "Petrokub"ga qarshi o'tkazadi. Qozog'istonliklar safida o'zbekistonlik futbolchilar - Shahboz Umarov va Jasur Yaxshiboev ham to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/fc__ordabasy