"Oq-tepa": Tog'dagi yig'in yakunlandi va ketganlar haqida

Narzulla Saydullayev
2 avg 2015, 13:39
Jamoamiz mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarligining birinchi bosqichi yakunlandi.

Toshkent viloyatining tog'li hududida tashkil qilingan yig'inda asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi. Murabbiylar shtabi bir haftalik yig'in davomida futbolchilarning jismoniy holatini maromiga olib chiqishga harakat qilishdi. 31 iyul kuni yig'inni yakunlagan jamoa a'zolariga hordiq chiqarishlari uchun ikki kunlik tatil berildi.
 
Tayyorgarlikning birinchi bosqichi davomida jamoamizni bir qator futbolchilar tark etishdi. Xususan, “Paxtakor”dan ijaraga olingan Izzatilla Abdullaev ortga qaytgan bo'lsa, Oybek Erkinov “Lokomotiv-BFK”ga yo'l oldi. Sergey Rekun esa, oliy liga jamoasi “Dinamo” bilan shartnoma imzoladi. Har uchchala o'yinchi bilan ham o'zaro kelishgan holda shartnoma bekor qilindi. Yana bir futbolchimiz Muhammadali Fayzullaev esa, “Zomin”ga ijaraga berildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz