"Oq-tepa": Qarag'anda jamoasi bilan durang o'ynadik

Aziz Tukhtamuradov
23 yanv 2015, 21:16
Bugun rejadagi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Qo'shni Qozog'istonning Qarag'anda shahri jamoasi “Shaxtyor”ning yoshlariga qarshi “Oq-tepa-2” maydonga chiqdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida ustunlik yoshlarimiz tomonida bo'ldi. Shuning natijasi o'laroq futbolchilarimiz hisobni birinchi bo'limning o'zidayoq ochishdi. Markaziy himoyachi Dilshod Isoqulov o'ng burchakdan etkazib berilgan to'pni boshi bilan ajoyib tarzda darvozaga to'g'irlab qo'ydi. Shundan so'ng ham mehmonlar darvozasi bir necha marta ishg'ol etilishi mumkin edi, ammo ustun va to'sinlar qarag'andaliklarni gollardan qutqarib qoldi.

Tanaffusdan keyin maydondagi vaziyat tenglashdi. Mehmonlar ustozi tarkibda amalga oshirgan o'zgarishlari sababli “Shaxtyor” yoshlari jonlanishdi va o'yin yakunlanishi arafasida hisobni tenglashtirishdi. Ammo qolganiga ikkala jamoaning a'zolari kuchi va vaqti yetmadi. Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, ertaga jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvni “Paxtakor-2”ga qarshi o'tkazadi. O'yin “Oq-tepa” stadionida 12:00da start oladi. Murabbiylar shtabi mazkur bellashuvda jamoamizning asosiy tarkib o'yinchilarini maydonga tushirishni rejalashtirgan.

Nazorat uchrashuvi
OQ-TEPA-2 – SHAXTYOR-2 (Qozog'iston) – 1:1 (1:0)
23 yanvar. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
“Oq-tepa-2”: Islom Yoqubov, Dilshod Isoqulov, Abdumavlon Tursunov, A.Mamedov, Shohruh Pirnazarov, Ilmiddin Mamatboqiev, SH.Hikmatov, Zokir Mirqosimov, N.Asqarov, Sanjar Karimov, Bekzod Idiev.
Zaxiradan tushganlar: I.Odilov, Abbos Xoldorov, Orzu Razzoqov, A.Fayziev, Muhammadbobur Muhammadiev, Shohruh A'loxonov, Doston Roziqov.
Gol: Dilshod Isoqulov.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: oq-tepa.uz