"Oq-tepa": Bugun “Nasaf” bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2015, 14:29
Bugun O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichining birinchi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Mazkur bosqichda oliy liga vakili “Nasaf”ga qarshi maydonga chiqadigan “Oq-tepa” uy uchrashuvini “Jar” stadionida o'tkazadi. Bellashuv 18:00da start oladi. Jamoalar shu kunga qadar hech bir musobaqada to'qnash kelmagan.

Aytish kerak, ushbu mavsum Osiyo Chempionlar ligasida o'zbek klublari orasida eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etgan “Nasaf” oliy liganing 12 turidan keyin musobaqa jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.

O'zbekiston Kubogi – 2015
1/8 final. Dastlabki uchrashuv
OQ-TEPA – NASAF
12 iyun. Toshkent. “Jar” stadioni. 18:00
Bosh hakam
: Rustam Bobomurodov (Navoiy).
Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov (Navoiy), Obid Jumaev (Navoiy).
Zaxiradagi hakam: Dilshod Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz