O`Nil Irlandiya terma jamoasini boshqaradi

Tolibjon Qosimov
1 noya 2013
Martin O`Nil Irlandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi, deb xabar beradi The Telegraph.

Xabarlarga ko'ra, 61 yoshli mutaxassis termani 15 noyabrda bo'lib o'tadigan Latviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida boshqarishi mumkin. O`Nilning oldingi ish joyi “Sanderlend” klubi bo'lgan va mutaxassis jamoani 2011 yildan 2013 yilgacha boshqargan. Bundan tashqari O`Nil “Seltik” va “Aston Villa” klublarida ham ishlagan.

Eslatib o'tamiz, Irlandiya terma jamoasining oldingi bosh murabbiyi Jovanni Trapattoni bo'lgan. U shu yilning sentyabr oyida Avstriyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yindagi mag'lubiyatdan (0:1) so'ng termani tark etgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru