Omar Xrbin: "Bu sovrin butun Suriyaniki"

Xayrulla Xoliqov
30 noya 2017
Kecha bo'lib o'tgan OFK yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida "Al Hilol" klubi hujumchisi Omar Xrbin 2017 yil yakunlariga ko'ra "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.

Futbolchi ham klub, ham terma jamoa miqyosida o'zini ko'rsata oldi. U klubi bilan Osiyo chempionalr ligasiga qadar yetib borgan bo'lsa, Suriya terma jamoasi safida JCH-2018 saralash o'yinlarida pley-off bahslarida maydonga tushdi.

OFK Prezidentidan nufuzli sovrinni qabul qilib olgan Xrbin o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

- "Asosiy maqsadim keyingi yil "Al Hilol" bilan Osiyo chempionlar ligasida zafar quchishdir. Mening ishim futbol o'ynash va bu ishni doim sidqidildan bajaraman. Terma jamoa miqyosida esa Osiyo Kubogi-2019da o'zimni ko'rsatishni xohlayman. Qo'limda ushlab turgan sovrin faqat meniki emas, bu butun Suriya xalqiniki. Qachonki xalqimizning ko'zida quvonch ko'rsam, bundan men ham behad xursand bo'laman. O'z o'yinim va gollarim bilan suriyalik muxlislarga xursandchilik ulashsam deyman. Bizning xalqimiz yaxshi yashashga va baxtiyor bo'lishga haqli".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com