“Oltin to'p-2022”ga da'vogarlarning ayni vaqtdagi taxminiy reytingi e'lon qilindi. Messi pastladi, Ronaldu esa yuqoriladi

Eldor Akmurzayev
15 mar 2022, 08:50
“Goal” talqini bo'yicha “Oltin to'p-2022”ga davogarlarning yangi ro'yxati e'lon qilindi.

Unga ko'ra, “Bavariya” forvardi Robert Levandovski peshqadam sifatida qayd etilgan. PSJ a'zosi Lionel Messi kuchli o'nlikni tark etgan bo'lsa, MYU hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 16-o'ringa ko'tarildi.

Top-10 quyidagi ko'rinishda:

1. Robert Levandovski – "Bavariya"

2. Karim Benzema – "Real Madrid"

3. Muhammad Saloh – "Liverpul"

4. Kilian Mbappe – PSJ

5. Luka Modrich – "Real Madrid"

6. Sadio Mane – "Liverpul"

7. Bernardu Silva – "Manchester Siti"

8. Vinisius Junior – "Real Madrid"

9. Dushan Vlaxovich – "Yuventus"

10. Riyad Maxrez – "Manchester Siti".

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal