

22:30. Tadbir kuy-qo'shiqlar bilan boshlandi.
22:35. Bugungi tabdir bosh qahramonlari va turli xil sovrinlar bo'yicha nomzodlar o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishmoqda.
22:40. Oltin to'p kimga nasib etarkin? Messi yoki Ronaldu? Balki Neymargami?

22:45. Katta ekranda 2015 yilning eng chiroyli goliga da'vogarlik qilayotgan gollar namoyish etilmoqda.
22:46. 2015 yilning ramziy terma jamoasi aniqlandi: Noyer, Tyago Silva, Marselo, Serxio Ramos, Dani Alvesh, Andreas Inesta, Luka Modrich, Pol Pogba, Messi, Ronaldu, Neymar.

22:55. Kechaning eng yaxshi selfisi olinmoqda

22:58. "Oltin to'p" da'vogarlarining (Messi, Ronaldu, Neymar) har biriga alohida to'xtalib o'tilmoqda.
23:03. Ronaldu Messining ayoli bilan alohida so'rashib qo'ydi.

23:05. 2015 yilning eng yaxshi ayollar futboli bosh murabbiyi - Jill Ellis (AQSH)

23:10. 2015 yilning eng yaxshi bosh murabbiyi - Luis Enrike ("Barselona")

23:15. "Real"ning ushbu to'rt futbolchisi 2015 yilning ramziy terma jamoasidan o'rin olishdi va esdalik uchun suratga tushishdi.

23:35. 2015 yilning eng chiroyli goli muallifi - Vendell Lira.
23:45. 2015 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi - Karli Lloyd.

2015 yilning eng yaxshi futbolchisi - Lionel Messi!




