"Oltin kuz" futbol festivali o'z yakuniga etdi

Xayrulla Xoliqov
8 noya 2017, 20:53
2009-2010 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida tashkil etilgan navbatdagi "Oltin kuz" futbol festivali bugun o'z nihoyasiga etdi.

Xabar berib o'tganimizdek, bu gal musobaqada jami 20ta jamoa ishtirok etdi. Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi zalida tashkil etilgan festival yosh futbolchilarga manzur bo'ldi. Bu musobaqa O'zbekiston futbol federatsiyasi va Toshkent shahar futbol federatsiyasining o'zaro hamkorligida tashkil qilindi. "Oltin kuz" futbol festivaliga "ChaCha" savdo belgisi bosh homiy vazifasini bajardi. 

Musobaqa festival tartibida o'tgani bois jamoalarning ochkosi hisoblanmadi va yakunda barcha ishtirokchilarga kubok, maxsus diplom hamda oltin medallar topshirildi. Bundan ko'zlangan maqsad hech kimning xafa bo'lmasdan o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va bolakaylarning futboldan rohat olishlarini taminlashdir.

Festival yakunida yosh futbolchilarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Kubok va medallarni bolakaylarga Toshkent shahar futbol federatsiyasi vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev hamda taniqli murabbiylardan biri Rauf Inileev topshirdi.   


Quyida uchinchi kun natijalarini keltirib o'tamiz.

8 noyabr. 

2009 yilda tavallud topganlar

BO'SM-16  -“Nasaf” 1:1

“Spartak-2” - “Nasaf-2” 0:0

“Paxtakor” - "Spartak" 3:0

“Junior Football” - “Qo'qon-1912” 3:2

“Odil Junior” – “Do'stlik” 3:0

"Metallurg" – “Mega Sport” 0:3

2010 yilda tavallud topganlar

"Mega Sport" - "Lokomotiv" (A) 0:2 

"Bunyodkor" - "Lokomotiv-Boysun" 1:3 

IBO'SM - "Istiqlol" 1:3

"Lokomotiv" (B) - "Qo'qon-1912" 3:0





O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia