

Olmaliq shahrida o'tkazilayotgan mashg'ulotlar bilan bir qatorda o'rtoqlik o'yinlari ham tashkil etilmoqda.
A'zam Sherg'oziev murabbiyligi ostida hozirda 20dan oshiq futbolchi shug'ullanmoqda. Ko'rikdan o'ta olmagan futbolchilarga esa javob berilmoqda.
Jamoa shu kungacha uchta o'yinda uch xil natija qayd etdi. "Bunyodkor" yoshlari bilan bahsda 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. "Lokomotiv" yoshlari bilan o'yinda 2:1 natija bilan zafar qozonildi. Olmaliq shahrida o'tgan "Metallurg" yoshlariga qarshi bahsda jangovor 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.
"Olmaliq" yoshlari navbatdagi o'rtoqlik o'yinini 3 fevral kuni G'allaorolning "G'allakor" jamoasiga qarshi o'tkazadi.



