"Olmaliq": Yig'inga belorussiyalik himoyachi qo'shildi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2016, 22:48
O'quv-mashg'ulot yig'inining uchinchi kunida jamoa safiga yana bir necha futbolchi qo'shildi.

Ertalabki mashg'ulotda Belorussiyaning "Dinamo" (Brest) jamoasidan himoyachi Eduard Jevnerov ishtirok etdi. Kechki mashg'ulotlarda yarim himoyachi Nodir Kamolov va hujumchi Ro'zimboy Ahmedov ham "Olmaliq" tarkibini to'ldirdi. Mazkur yig'in davomida yana bir qator futbolchilar ko'rikdan o'tgani jamoaga kelishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz