

Fevral oyida Toshkentda o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida qatnashib finalga qadar yetib borgan O'zbekiston terma jamoasining bir qator a'zolari "Olmaliq" - "Nasaf" o'yinidan avval taqdirlanishdi. Futzal bo'yicha "Olmaliq" klubi a'zolari Rustam Umarov, Andrey Shlyoma, Jamoliddin Sharipov, Konstantin Sviridov, Klim Tyugaev va Javlon Anorovga esdalik uchun sovg'alar taqdim etildi. Bundan tashqari futzal bo'yicha "Olmaliq" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov ham taqdirlandi.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Mundial sentyabr oyida Kolumbiyada bo'lib o'tadi.
Foto: "Olmaliq" matbuot xizmati






