
Hamyurtimiz Ulug'bek Baqoev to'p surayotgan Qozog'istonning "Irtish" jamoasi sparring raqib vazifasini o'tadi. O'yin ancha shiddatli va qiziqarli o'tgan bo'lsada, har ikki jamoaga darvozani ishg'ol etish nasib etmadi.
Bu o'yinda jamoamiz tarkibida ikki nafar xorijlik futbolchi sinovdan o'tdi. Biri avvalroq "Olmaliq" mashg'ulotlarida qatnashgan Arslonmurod Omonov bo'lsa, ikkinchi Fransiya fuqaroligiga mansub futbolchidir. Bu futbolchi haqida keyinroq ma'lumot berib o'tamiz.
O'yinda jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etdi.
"Olmaliq": Maqsatmurod Shomurodov, Obid Jo'raboev, Darko Stanoevich, Shavkat Mullajonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Aleksandr Alempievich, Nosir, Diyorjon Turopov, Sanjar Shoahmedov, Zohir Pirimov, Zafar Polvonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Umidjon Xonimqulov, Nikita Shkvirin, Azamat Isroilov, Doston Abdurahmonov, Sarvarbek Jo'raev, Dilyaver Abibullaev, Timur Kagirov, Iqbol Akramov, Arslonmurod Omonov, Suxrob Berdiev.
Biroz jarohati borligi sabab, Sherzod Hakimov bu o'yinni o'tkazib yubordi. Gay-etano Yusupov hozircha mashg'ulotlar bilan cheklanmoqda.