"Olmaliq" ikkinchi davrada g'alaba qozonmaslikda davom etadi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2016
Oliy liganing 24-turida "Olmaliq" klubi o'z uyida "So'g'diyona"ga 0:1 hisobida yutqazdi.

Shu tariqa, "Olmaliq"ning g'alabasiz seriyasi 8ta o'yinga etdi. So'nggi bor Igor Shkvirin boshchiligidagi jamoa 15-turda g'alabaga erishgandi. Oliy liganing ikkinchi davrasi boshlanganidan buyon "Olmaliq" 1ta durangga erishdi va 7 bor mag'lub bo'ldi.

Oliy liganing ikkinchi davrasida umuman g'alaba qozonmagan yagona klub aynan "Olmaliq" bo'lib turibdi.  

"Olmaliq" ayni paytda 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia