

O'yinni tomosha qilish uchun PFL sayti bergan ma'lumotga ko'ra "OKMK" stadioniga 318 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu natija 2016 yildagi eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. Bunga qadar antirekord 23-turdan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Obod" uchrashuvida qayd etilgandi - 355 tomoshabin.
Eng ko'p tomoshabin esa 6-turdan o'rin olgan "Buxoro" - "Nasaf" o'yiniga kelgandi - 24104.



