Oliy liga uchun pley-off o'yini 25 noyabr kuni Olmaliqda bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2015, 13:54
Birinchi ligada 2-o'rinni olgan "Oq-tepa" klubi 25 noyabr kuni oliy ligada 15-o'rinni olgan klub bilan pley-off uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu o'yin Olmaliq shahridagi stadionda bo'lib o'tadi. Unda g'olib chiqqan jamoa 2016 yil oliy ligada ishtirok etadi. "Oq-tepa"ga "So'g'diyona", "Dinamo" yoki "Buxoro" klublaridan biri raqiblik qiladi. 

Eslatib o'tamiz, birinchi ligada birinchi bo'lgan "Obod" klubi elitaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Oliy ligada 16-o'rinni band etgan klub esa birinchi ligaga tushib ketadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia