

Ushbu o'yin Olmaliq shahridagi stadionda bo'lib o'tadi. Unda g'olib chiqqan jamoa 2016 yil oliy ligada ishtirok etadi. "Oq-tepa"ga "So'g'diyona", "Dinamo" yoki "Buxoro" klublaridan biri raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, birinchi ligada birinchi bo'lgan "Obod" klubi elitaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Oliy ligada 16-o'rinni band etgan klub esa birinchi ligaga tushib ketadi.



