Oliy liga. "Nasaf"ning g'alabasiz seriyasi davom etdi

16 iyun 2016, 22:12
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi oliy ligada ketma-ket to'rtinchi o'yinni g'alabasiz yakunladi.


"Nasaf" jamoasi oliy ligada oxirgi marotaba 8 may kuni o'z maydonida "Qizilqum" (2:0) mag'lub etishni uddasidan chiqqan edi. Shundan so'ng "ajdarlar" Bekobodda "Metallurg" (1:0), Qarshida "Bunyodkor" (1:1), safarda "Navbahor" (2:2) va bugun o'z uylarida "Lokomotiv"ga (1:2) qarshi o'yinlarda g'alaba nimaligini bilishmadi.

Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" so'nggi to'rtta turda 2 ochko ishlab oldi va 10 ochko yo'qotdi.

Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa peshqadam "Loko"dan ayni paytda 10 ochkoga ortda qolmoqda va turnir jadvalida "Metallurg" bilan uchinchi o'rinni bo'lishib turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia