

Mazkur seminarda bir qator epizodlar, jumladan, to'pni qo'l bilan o'ynash, taktik follar, o'yin jarayoni, o'yindan tashqari holat, shuningdek, hakamlar va ularning yordamchilarining poziciyalari va harakatlari kabi ko'plab muhim epizodlar bo'yicha FIFAning eng so'nggi qo'llanmalari bo'yicha muloqot bo'lib o'tadi.
Seminarni OFK instruktori Farhod Abdullaev hamda FIFA referisi Vladislav Seytlin olib boradi.
Ma'lumot o'rnida, amaliy hamda nazariy mashg'ulotlarning boshlanish vaqtlari almashgan. Shu bois, seminarda ishtirok etishni istagan OAV vakillari soat 14:00da tashrif buyurishlari mumkin.



