Oliy liga-2017. Eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazgan darvozabonlar

Narzulla Saydullayev
29 noya 2017, 09:02
2017 yilgi oliy liga yakunlari haqida statistik ma'lumotlar berishda davom etamiz.

Bu safar darvozabonlarga to'xtalib o'tamiz.

Qarshining "Nasaf" klubi darvozaboni Sanjar Quvvatov yakuniga etgan mavsumda eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazgan posbonga aylandi. U 20ta o'yinda maydonga tushib shundan 13tasida gol o'tkazgani yo'q.

"Mashal" posboni Javohir Ilyosov va "Lokomotiv" darvoazboni Ignatiy Nesterov hisobida 12tadan "quruq" o'yin bor.

Undan keyingi o'rinlarni "Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov (11) va "Olmaliq" posboni Xurshid Xodjaev (9) egalladi. .

Ushbu mavsumda eng ko'p penalti qaytargan darvozabon Javohir Ilyosov bo'ldi. "Mashal" posboni 3 marta 11 metrli jarima to'pini bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia