

Bekobodning "Metallurg" klubi himoyachisi Hikmat Hoshimov yakuniga etgan mavsumda barcha 30ta o'yinda to'liq, o'zgarishlarsiz o'ynagan yagona futbolchiga aylandi.
Quyidagi 7 futbolchi esa 30ta uchrashuvda maydonga tushishdi, faqat qaysidir bahslarda almashtirilishdi:
Aleksandr Merzlyakov "Buxoro", Salamat Qutiboev "Buxoro", Ilhom Yunusov "Qizilqum", A'zam Aliev "Navbahor", Jaloliddin Masharipov "Paxtakor", Sanjar Shoahmedov "Lokomotiv", Murodjon Toshmatov "Metallurg".



