Oliy liga-2016. Eng qari jamoa "Qizilqum", eng yoshi "Paxtakor"

Narzulla Saydullayev
10 dek 2016, 11:41
Yakuniga etgan mavsumning statistik ko'rsatkichklarini taqdim etishda davom etamiz.

Jamoalarning o'rtacha yoshi borasida "Qizilqum" klubi eng qari tarkibga ega bo'ldi. Navoiy klubining mavsumdagi o'rtacha yoshi 29,8ni tashkil qildi. Undan keyingi o'rinlarni "Buxoro" va "Sho'rtan" klublari egallashdi - 28,4. Chempion "Lokomotiv" bu borada to'rtinchi o'rinda qayd etildi.


Eng yosh jamoa sifatida "Paxtakor" qayd etildi - 24,4. Oliy liga debyutanti "Obod" klubining o'rtacha yoshi 24,8ni tashkil etdi. Vice-chempion "Bunyodkor"ning o'rtacha yoshi roppa-rosa 25ga teng.

Oliy liga-2016. Jamoalarning o'rtacha yoshlari:


"Qizilqum" - 29,8
"Buxoro" - 28,4
"Sho'rtan" - 28,4
"Lokomotiv" - 27,9
"Andijon" - 27,3
"Olmaliq" - 27,1
"Navbahor" - 27
"Qo'qon-1912" - 26,5
"Mashal" - 26,3
"Metallurg" - 26,2
"So'g'diyona" - 26,1
"Nasaf" - 25,8
"Neftchi" - 25,7
"Bunyodkor" - 25
"Obod" - 24,8
"Paxtakor" - 24,4

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia