Olive Jiru Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar uchligiga kirdi
23 mar 2019, 07:45
Futbolchi kecha Moldova darvozasiga gol urishga erishdi.
Bu Jiru uchun terma jamoa libosidagi 34-gol bo'ldi. Natijada u David Trezege bilan tenglashib, Fransiya terma jamoasi tarixida eng ko'p gol urgan futbolchilar uchligiga kirdi. Trezege va Jirudan oldinda Mishel Platini (41) va Terri Anri (51) bor.