"Olimpiyskiy" stadioni YCHL finaliga tayyor + FOTO

Tolibjon Qosimov
25 may 2018
Ertaga, 26 may kuni tunda Yevropa Chempionlar ligasi finali bo'lib o'tadi.

Unda Angliyaning "Liverpul" va Ispaniyaning "Real" jamoalari o'zaro g'oliblik uchun bahs olib boradilar.

Final Ukraina poytaxti Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi. Ayni paytga kelib stadion hal qiluvchi uchrashuvni qabul qilishga shay. Biroz oldin UEFA matbuot xizmati "Olimpiyskiy"ning hozirgi holati aks etgan suratlarni chop etdi.

"Olimpiyskiy" ajoyib ko'rinishda.


Kim chempion bo'ladi? "Liverpul"?

Yoki "Real"?...

Hammasini ertaga tunda bilib olamiz.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia