O'zbekistonlik xalqaro turnirda vice-chempion bo'ldi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2017
Avvalroq Ukraina poytaxti Kiev shahridagi "Olimpiyskiy" stadionida kiberfutbol (FIFA17) bo'yicha "Dinamo" Yozgi Kubogi bo'layotganini e'lon qilgan edik.

26-27 avgust kunlari o'tkazilgan kibersport musobaqasida O'zbekistondan ikki kiberfutbolchi - Muhammadamin Turg'unboev ("Bunyodkor") hamda Server Kerimov ("Metallurg") ishtirok etdi.


Quvonarlisi, "Bunyodkor" vakili Muhammadamin turnirning grandfinaligacha yetib bordi, biroq so'nggi bosqichda u "Ayaks" o'yinchisi Daniga kichik hisobda mag'lub bo'ldi.


Bu O'zbekistonda UVSCF (O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiber futbol federatsiyasi) tashkil topgandan keyin amalga oshgan ilk yirik muvaffaqiyat. Musobaqada qatnashgan ikkinchi o'zbekistonlik ham o'zini munosib ko'rsata oldi. U mag'lublar to'rining yarim finaligacha yetib bordi.

Turnirda qayd etilgan natijalarni bu erdan bilib olishingiz mumkin:


Grandfinalni tomosha qiling (TAS-IX emas)



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia