"Olimpik" nazorat bellashuvida "Surxon"ga hech qanday imkon qoldirmadi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2024
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Olimpik" jamoasi bugun Qibrayda "Surxon"ga qarshi maydonga tushdi.

O'yin 5:1 hisobida "Olimpik" g'alabasi bilan yakun topdi. "Surxon" safidagi yagona golni Jahongir Abdusalomov urgan bo'lsa, "Olimpik" tarkibidan Nodirbek Abdixoliqov, Akbar O'ktamov, Sunnatilla Abdullajonov, Oybek O'rmonjonov va Muhsin Bozorov to'p kiritdi.

Nazorat uchrashuvi

9 sentyabr. Qibray

"Surxon" – "Olimpik" 1:5

Gollar: Jahongir Abdusalomov 18 - Nodirbek Abdixoliqov 9, Akbar O'ktamov 28, Sunnatilla Abdullajonov (pen.) 55, Oybek O'rmonjonov 88, Muhsin Bozorov 118.

"Olimpik": Shukron Yuldashev, Muhammadbobur Mo'ydinov, Akbar Abdirasulov, Shahzod Toirov, Maqsud A'loxo'jaev, Nodir Abdixoliqov, Muhammadaziz Ibrohimov, Farruh Muxtorov, Sunnatilla Abdullajonov, Akbar O'ktamov, Abdulaziz Abdusalomov.

Zaxiradan tushganlar: Edem Nemanov, Jahongir Bo'riev, Ulug'bek Sharipov, Rustam Jahonov, Sherzod Komilov, Jaloliddin Sodiqov, Rian Islamov, Temur Tulegenov, Oybek O'rmonjonov, Anvar Alijonov, Muhsin Bozorov, Obloyor Rahmatov.

"Surxon": Davron Merganov, Sunnatilla Hamidjonov, Nodir Nematxonov, Egor Krimec, Behruz Shaydulov, Bobur Asqarov, Dmitriy Pletnyov, Doston Tursunov, Asad Karimov, Jahongir Abdusalomov, Muhammadali Abdurahmonov.

Zaxiradan tushganlar: Behzod Shamsiev, Diyor Ramazonov, Farruh Ikromov, Kamron Saydazimov, Sarvar Abduhamidov, Jo'raev, Nugumanov.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia