

Turkiyaga jo'nab ketgan tarkibda o'tgan mavsum "Olimpik" jamoasi yetakchilaridan biriga aylangan markaziy himoyachi Muhammadqodir Hamraliev ham bor. 21 yoshli himoyachi "sherlar" bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, Hamraliev o'tgan mavsum Superligada 25ta uchrashuvda qatnashdi va 3ta gol urib, bitta golli pas bergan.




