

Gretsiya Kubogi chorak final birinchi o'yinida ko'k-oqlar o'z maydonida ikkinchi darajali ligada ishtirok etuvchi AEKni enga olishmadi (1:1). Bundan tashqari, ular Yevropa ligasini 1/16 finalda tark etdi.
"Olimpiakos" - buyuk gerk klubi hisoblanadi va bu jamoada o'ynash xar biringiz uchun sharaf bo'lishi kerak. Sizlar klub tarixini hurmat qilishingiz zarur. Yoki mardlarcha safimizni tark eting.
"Olimpiakos"da o'ynayotgan ekansiz, klubga naf keltirishingiz uchun bor kuchingizni ishga solishingiz kerak. Sizlar Gretsiya chempionati va Kubogida g'olib bo'lishingiz va shu bilan birga, evrokuboklarda munosib ishtirok etishingiz lozim. Boshqa natija meni qoniqtirmaydi. Buni qo'log'ingizga quyib oling" - deydi Marinakis.
"Olimpiakos" Gretsiya chempionatida 25 turdan so'ng birinchi o'rinni egallab turibdi. Ularni taqib qilayotgan "Panatinaikos" esa yetakchidan 3 ochko ortda bormoqda. AEKga qarshi mamlakat Kubogi chorak final javob uchrashuvi 11 mart kuni bo'lib o'tadi.



