Oliy liga-2015. Eng yosh murabbiy - Aleksandr Mochinov

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015
Oliy liganing 16ta klubini qaysi murabbiylar boshqarayotganiga e'tibor qaratdik.
Ular orasida eng faxriysi bu turkmanistonlik Tachmurad Agamurodov ekan. Undan keyingi o'rinlarda Edgar Gess va Rustam Mirsodiqov joy olishgan.

Eng yosh murabbiylar haqida gap ketganida Aleksandr Mochinov, Baxtiyor Ashurmatov va Davron Fayziev birinchi bo'lib tilga olinadi. Ular orasida hamkasblaridan oyiga kichik bo'lgan "Buxoro" ustozi 2015 yilgi murabbiylar orasida eng yosh degan maqomga ega bo'ldi.



Bosh murabbiy sifatida bir klubda uzoq ishlash bo'yicha Igor Shkvirin ("Olmaliq") va Rustam Mirsodiqov ("Metallurg") peshqadamlik qilishmoqda. Bu ikkala murabbiy ushbu klublarda 2008 yil bosh murabbiy etib tayinlanishgan.

MurabbiyKlubTug'ilgan sanaQachondan buyon klubda?
Agamurodov Tachmurod (Turkmaniston)Dinamo08/18/195208/22/2014
Gess Edgar (Rossiya)Andijon03/14/195409/30/2014
Mirsodiqov RustamMetallurg03/19/195401/01/2008
Lukin Yuriy Qizilqum01/24/195807/26/2013
Abramov VadimLokomotiv08/05/196202/20/2014
Shkvirin IgorOlmaliq04/29/196301/01/2008
Ismoilov MurodjonNeftchi01/04/196901/01/2014
Xomyakov Aleksandr (Rossiya)Mashal03/05/196908/27/2012
Abdullaev RustamQo'qon-191201/01/197104/30/2014
Babayan SamvelPaxtakor05/19/197101/01/2014
Berdiev Ro'ziqulNasaf10/22/197111/19/2012
Lushan SergeyBunyodkor06/14/197306/03/2014
Qurbonov MuxtorSho'rtan01/26/197501/01/2014
Fayziev DavronSo'g'diyona01/14/197601/01/2012
Ashurmatov BaxtiyorNavbahor03/25/197601/01/2014
Mochinov AleksandrBuxoro05/06/197601/01/2015
 

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia