Oliy liga-2014 yakunlari. Eng ko'p tomoshabin to'plagan "Navbahor" haqida

Narzulla Saydullayev
9 dek 2014, 17:00
Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Nasaf", "Buxoro", "Bunyodkor", "Qizilqum", "Mashal", "Dinamo" va "Olmaliq" va "Metallurg" klublari haqida ma'lumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 7-o'rinni band etgan "Navbahor" klubiga yetib keldi.
 
Baxtiyor Ashurmatov yil davomida jamoa safida 26 nafar futbolchini maydonga tushirdi. Himoyachi Rahmatullo Berdimurodov barcha 26ta o'yinda maydonga tushib eng ko'p o'ynagan futbolchiga aylandi. Raqiblar darvozasiga 14ta gol urgan Shahboz Erkinov "lochinlar"ning to'purari bo'ldi.

Robbim Hasanov 7 marta sariq kartochka olib jamoada eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi bo'ldi. "Navbahor"ning to'rt nafar futbolchisi qizil kartochka oldi: Yuriy Rijko, Azimjon Ahmedov, Baxtiyor Yoqubov va Rahmatullo Berdimurodov.  



"Navbahor" bu mavsum tomoshabin to'plash bo'yicha oliy ligada eng yaxshi natija qayd etdi. Ushbu jamoa ishtirokidagi 26ta o'yinga jami 169532 nafar tomoshabin keldi. Keyingi o'rinlarda "Paxtakor" (166166) va "Qizilqum" (158324) kabi jamoalar qayd etilishdi.

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

FutbolchiAmp.T.sana.O'yinDaqGolSKQK
Berdimurodov RahmatulloYahm10/24/1987262235021
Erkinov ShahbozHuj7/16/19862416381420
Rijko YuriyHim10/10/1989232036151
Saidov MansurYahm11/1/1983221396330
Boydadaev IlhomYahm1/14/1988221357020
Hasanov RobbimYahm2/6/1988211762070
Ahmedov AzimjonYahm1/4/1992201456041
Shamsiddinov ToxirjonHim2/9/1994191555050
Yoqubov BaxtiyorYahm9/13/1984191318631
Valijonov OtabekYahm4/8/198918831340
Mahmudov AlisherYahm1/25/198617769110
Abdullaev AbdumalikHuj5/11/198913432200
Akbarov Bobirjon**Him2/14/1989121080020
Jabborov Dilshod**Yahm3/9/1985121080110
Po'latov Shukur*Him2/23/1990121080120
Samatov Alisher**Him10/23/198912980040
Kachur Ruslan**Huj6/9/198212726530
Denchev Petar**Dar3/16/198911990010
Aliev A'zamYahm7/7/19919433010
Hamidov Sobir*Yahm9/29/19869269000
Usmonov DoniyorjonDar6/23/19898720010
Jahonov ElyorYahm1/11/19868463120
Xo'jaev XurshidDar2/14/19887630010
To'raboev BotirbekHim6/23/19923131010
Sattaev AkbarHim2/11/19852180010
Yafarov TimurHim11/30/19862152000


* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan
** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan

"Navbahor" bu yil jami 38ta gol urdi va 41ta gol o'tkazib yubordi. 6ta o'yinda jamoa o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. 9ta uchrashuvda vodiyliklarning o'zlari to'p kirita olishmadi. "Navbahor" bu yil ikkita irodali g'alabaga erishdi.



Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar26
Gollar38
Uydagi gollar27 (71.05%)
Mehmondagi gollar11 (28.95%)
O'tkazilgan gollar41
Uyda o'tkazilgan gollar11 (26.83%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar30 (73.17%)
O'rtacha gol1.46
O'rtacha o'tkazilgan gol 1.58
Uydagi ochkolar27/39 (69.23 %)
Mehmondagi ochkolar3/39 (7.69 %)
Eng yirik g'alaba4:1 - "Buxoro"
Eng yirik mag'lubiyat0:3 - "Bunyodkor"
"Quruq" o'yinlar6 (23.08%)
Gol ura olmagan o'yinlar9 (34.62%)
Irodagi g'alaba2
Yirik g'alabalar3
Yirik mag'lubiyatlar1
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)0/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha)58 (2.23)
Chetlatishlar (o'rtacha) 4 (0.15)
Maydonga tushganlar (legioner)26 (3)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)169532 / 6520


"Lochinlar"ning mavsumdagi o'rtacha yoshi 26,4ni tashkil etdi. Toxir Shamsiddinov maydonga tushgan va sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Ruslan Kachur maydonga tushgan, gol urgan hamda sariq kartochka olgan eng keksa futbolchi sifatida qayd etildi.

Ko'rsatkich

YoshFutbolchi

Eng yosh gol urgan

24,34Po'latov Shukur

Eng keksa gol urgan

32,79Kachur Ruslan

Eng yosh maydonga tushgan

20,34Shamsiddinov Toxirjon

Eng keksa maydonga tushgan

32,151Kachur Ruslan

Eng yosh sariq kartochka olgan

20,34Shamsiddinov Toxirjon

Eng keksa sariq kartochka olgan

32,130Kachur Ruslan

Eng yosh qizil kartochka olgan

22,235Ahmedov Azimjon

Eng keksa qizil kartochka olgan

29,196Yoqubov Baxtiyor

Saytimiz xodimlari tomonidan Shahboz Erkinovni "Navbahor”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Toxirjon Shamsiddinovni esa yil kashfiyoti deb topdik.



Ertaga "Neftchi" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia