Oliy liga. 18-turda eng past ballni Baxtiyor Namozov oldi!

Narzulla Saydullayev
29 avg 2014, 17:07
27-28 avgust kunlari oliy liganing 18-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ma'lum sabablarga ko'ra, “Olmaliq” – “Paxtakor” bahsi boshqa muddatga qoldirilgani bois, ushbu turda hozircha 6ta bahsga guvoh bo'ldi.
Mazkur ortda qolgan oltita o'yinda tabiiyki oltita bosh hakam ishladi. Ularning olgan baholariga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu turda ham eng yuqori ballni FIFA referisi Ravshan Ermatov oldi. Aytish lozimki, ikkinchi davradan buyon bu hakamning oldiga tushadigani topilmayapti. “Buxoro” – “So'g'diyona” (2:1) bahsini boshqarib borgan Ermatov shu kuni nazoratchi Alisher Abdullaev tomonidan 9,6 ballga munosib ko'rildi.

Aksincha nisbatan eng past ball olgan hakam Baxtiyor Namozov bo'ldi. Toshkentlik hakam ushbu turda Namanganga borib, “Navbahor” – “Metallurg” (4:2) o'yinini boshqardi. Namozov uchrashuv davomida futbolchilarga jami 4ta sariq va 2ta qizil kartochka ko'rsatgan. Nazoratchi Radik Serazetdinov bosh hakamning ishini 8,2 ballga loyiq deb topdi. 

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” (1:2) uchrashuvini boshqarib, o'ziga xos shov-shuv uyg'otgan Valentin Kovalenkoga esa nazoratchi G'ayrat Karimov 8,5 ball qo'ygan.

Neftchi – Nasaf – 0:1.
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent) – 9,0. X. Mirzaahmedov (Toshkent vil.) – 9,0. A. Snetkov (Toshkent vil.) – 8,6. A. Rahimov (Andijon) – 9.
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Navbahor – Metallurg – 4:2.
Hakamlar
: B. Namozov (Toshkent) – 8,2, O. Abduvasilov (Toshkent) – 8,4. N. Ro'zimov (Toshkent) – 8,0. R. Kopadze (Farg'ona) – 8.
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Buxoro – So'g'diyona – 2:1.
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent) – 9,6. A. Rasulov (Toshkent) – 9,4. J. Saidov (Toshkent) – 9,2. D. Dosanov (Toshkent) – 9.
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Dinamo – Andijan – 2:0.
Hakamlar
: V. Seytlin (Toshkent) – 9,2. B. Norsafarov (Qarshi) – 9,0. V. Lushin (Guliston) – 8,7. V. Najafaliev (Toshkent) – 9.
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

Mashal  – Qizilqum – 2:1.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro) – 8,5. B. Qodirov (Buxoro) – 8,3. A. Qo'ldoshev (Buxoro) – 8,3. I. Xudoydatov (Toshkent) – 9.
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).

 Lokomotiv – Bunyodkor – 1:2.
Hakamlar
: V. Kovalenko (Toshkent) – 8,5. M. Saidqosimov (Toshkent) – 8,6. X. Shodmonov (Buxoro) – 8,4. R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8.
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia